Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SHARQ FALSAFASIDA BEGONALASHUV HAMDA YOLG‘IZLIK FENOMENLARINING KONSEPTUAL TAHLILI

Sharq falsafasi, begonalashuv, yolg‘izlik, fenomen, ontologiya, tasavvuf, xilvat, ekzistensial inqiroz, o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy kamolot, inson mohiyati.

Mualliflar

Ushbu maqolada Sharq falsafiy tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlari prizmasidan begonalashuv va yolg‘izlik fenomenlarining
konseptual asoslari tahlil qilinadi. Begonalashuv tushunchasini nafaqat ijtimoiy-siyosiy jarayon, balki insonning o‘z mohiyati va
mutloq borliqdan uzilishi sifatidagi ontologik talqinlari ochib beriladi. Tadqiqotda islom falsafasi, xususan, tasavvufdagi “uzlat”,
“xilvat” tushunchalari hamda uzoq Sharq ta’limotlaridagi yolg‘izlikning konstruktiv va destruktiv jihatlari qiyosiy o‘rganiladi.
Maqolaning xulosasida Sharq falsafasidagi “ichki yolg‘izlik” orqali o‘z-o‘zini anglash va begonalashuvni bartaraf etish modellari
zamonaviy dunyodagi ekzistensial inqirozlarni hal qilishda metodologik ahamiyatga ega ekanligi asoslanadi.