Tabiiy fanlar

JANUBI-GʻARBIY HISOR FLORASI (SURXONDARYO QISMI) OʻSIMLIKLARINING HAYOTIY SHAKLLARI

Janubi Gʻarbiy Hisor, Surxondaryo, flora, hayotiy shakl, gemikriptofit, kriptofit, terofit, xamefit, fanerofit, ekologik xilma-xillik, provinsiyasi, biologik spektr, arealogik

Mualliflar

  • Akram IBRAGIMOV, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti dotsenti, Uzbekistan

Ushbu maqolada Janubi Gʻarbiy Hisor florasi (Surxondaryo qismi) yuksak o‘simliklarining hayotiy shakllari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot fanerofit, xamefit, gemikriptofit, kriptofit va terofitlarning hududiy taqsimoti, oilalar va turkumlar bo‘yicha tarkibi, arealogik spektri va ekologik adaptatsiyasini yoritadi. Gemikriptofitlar tog‘li, kriptofitlar yaylov va adir, terofitlar cho‘l va pasttekislik, xamefitlar qurg‘oqchil tog‘ oldi, fanerofitlar esa tog‘ va tog‘oldi hududlarda ustunlik qiladi. Bir yillik turlarning ko‘pligi pasttekisliklar, cho‘l zonalari va antropogen ta’sir bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Hayotiy shakllar spektrining uyg‘unligi hududning ekologik barqarorligi, biologik xilma-xilligi va bioekologik muvozanatini namoyon etadi, Janubi Gʻarbiy Hisor florasini ilmiy va biologik jihatdan noyob ekanligini tasdiqlaydi.