Tabiiy fanlar

SAMARQAND VILOYATI SUV OMBORLARI VA BALIQCHILIK HOVUZLARINING GIDROFIL FLORASI TURLAR TARKIBI

Flora, taksonomiya, bioekologiya, gidrofil, geografik, suvombor, areali, baliqchilik, floristik, gerbariy

Mualliflar

  • Axtam NURNIYOZOV Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti, Uzbekistan
  • Xudaynazar YUNUSOV, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professori, Uzbekistan
  • Yigitali TASHPO‘LATOV, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti dotsenti, Uzbekistan
  • Nozliya ESHONQULOVA, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabasi, Uzbekistan

Zarafshon daryosi o‘rta havzasida joylashgan Samarqand viloyati murakkab tabiiy va sun’iy suv tarmoqlariga ega bo‘lib, gidrofil florasining xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi. Suv omborlari va baliqchilik hovuzlarida tarqalgan gidrofil o‘simliklarni o‘rganish bugungi kunda muhim vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Baliqchilik hovuzlarida gidrofil o‘simliklar turlar tarkibini tahlil qilish bilan suv havzalaridagi tarqalgan turlarni Drude shkalasi bo‘yicha qoplanish holati va hayotiy shakllariga ko‘ra tarqalish ham o‘rganiladi.