Tabiiy fanlar

ZAMONBOBO KO‘LIDA SAMARQAND XRAMULYASINING (CAPOETA CAPOETA HERATENSIS) YOSH TARKIBI VA O‘SISH KO‘RSATKICHLARI

Zamonbobo ko‘li, Capoeta capoeta heratensis, yosh tarkibi, o‘sish, uzunlik–og‘irlik bog‘liqligi, allometriya.

Mualliflar

Ushbu tadqiqot ishida Zamonbobo ko‘lida uchraydigan Samarqand xramulyasining (Capoeta capoeta heratensis) yosh tarkibi va o‘sish ko‘rsatkichlari baholandi. Nazorat ovlari natijasida tutilgan baliqlarda TL 26,0–36,0 sm, SL 23,0–33,5 sm, W 205–632 g ekanligi qayd etildi. Yosh tarkibida 3+–6+ guruhlar uchrab, asosiy ulush 5+ (n=10) va 4+ (n=8) yosh guruhlariga to‘g‘ri keldi. Uzunlik–massa bog‘liqligi yuqori darajada ifodalanib, TL–W uchun W = 0,0143·TL2,955 (R²=0,927), SL–W uchun W = 0,0312·SL2,831 (R²=0,914) tenglamalari olindi; b<3 bo‘lishi o‘sishning salbiy allometrik xususiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Olingan natijalar Zamonbobo ko‘lida C. capoeta heratensis populyatsiyasini monitoring qilish, resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza choralarini ilmiy asoslash uchun muhimdir.