Tabiiy fanlar

TUPROQLARNING DEGRADASIYAGA UCHRAGANLIK HOLATINI ANIQLASH VA BAHOLASHDA GAT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

tuproq unumdorligi, shoʻrlanish, degradasiya, granulometrik tarkib, quruq qoldiq, gumus, azot, fosfor, kaliy, GAT texnologiyalar, elektron xaritalar.

Mualliflar

Ushbu maqolada degradasiyaga uchragan tuproqlarning holati, turlari va degradasiya jarayonlari bilan bogʻliq tuproq meliorativekologik holatlari yoritilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tarqalgan sugʻoriladigan boʻz-oʻtloqi tuproqlarning holatini baholashda degradasiyaning ayrim turlari, degradasiya jarayonini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablari hamda salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Xovos tumani Paxtakor massivi tuproqlarining agrokimyoviy, kimyoviy xossalari boʻyicha olingan ma'lumotlar GAT dasturlari asosida qayta ishlash natijasida xududda tarqalgan tuproqlarning ustki qatlamida gumus, azot, fosfor, kaliy, miqdorini tarqalishi boʻyicha elektron xaritalar tuzildi.