MAHALLIY TRICHODERMA ZAMBURUG’INING FITOPATOGEN FUSARIUMGA NISBATAN ANTAGONISTIK XUSUSIYATINI BAHOLASH
##submission.downloads##
Fusarium fitopatogen zamburug‘larning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Ushbu tadqiqotda mahalliy Trichoderma
shtammlarining Fusarium ga nisbatan antagonistik xususiyatlari laboratoriya sharoitida baholandi. Tajriba ishlari aseptik sharoitda,
kartoshka-glyukoza agari (KGA) asosidagi qattiq oziqlantiruvchi muhitda, laminar boks yordamida olib borildi. Trichoderma va
Fusarium zamburug‘lari Petri kosachalarining qarama-qarshi tomonlariga ekildi. Ularning o‘sish dinamikasi va o‘zaro ta’siri 25–
28 °C haroratda termostatda 3 sutka davomida kuzatildi. Olingan natijalar Trichoderma zamburug‘ining mitseliyasi tez o‘sishini
va Fusarium koloniyasining rivojlanishi sezilarli darajada cheklanganini ko‘rsatdi. Fitopatogen zamburug‘ning o‘sishi yaqqol
darajada ingibitsiyaga uchragan bo‘lib, bu Trichoderma ning yuqori antagonistik faolligidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda,
tadqiqot natijalari mahalliy Trichoderma shtammlarining yuqori salohiyatga ega ekanini va Fusarium turkumiga mansub
fitopatogen zamburug‘larga qarshi biologik kurash vositasi sifatida istiqbolli ekanini tasdiqlaydi.
1. Харман Г.Э. и др. Виды Trichoderma - условно-патогенные, авирулентные симбионты растений. Журнал Nature
Reviews по микробиологии, 2004.
2. Бенитес Т. и др. Механизмы биоконтроля штаммов Trichoderma. Международная микробиология, 2004.
3. Винале Ф. и др. Взаимодействие триходермии с растениями–патогенами. Биология и биохимия почв, 2008.
4. Агриос Г.Н. Патология растений. Academic Press, 2005.
5. Хауэлл К.Р. Механизмы, используемые видами Trichoderma в биологическом контроле заболеваний растений.
Болезни растений, 2003.
6. Турабекова Д., Хужамшукуров Н., Разикова М., Изучение морфокультуральной оссобенности Metarhizium anisopliae
в различнқх питатаельных средах// Инновации а технологии и образованиии. – Белова, 2023.
7. БАЙМУРЗАЕВ, Е. (2025). OPTIMIZATION OF OPEN CULTIVATION CONDITIONS FOR THE ARAL STRAIN OF MICROALGA DUNALIELLA SALINA TO OBTAIN CAROTENOID-RICH BIOMASS. «ACTA NUUz», 3(3.2.1), 39–41. Retrieved from https://journals.nuu.uz/index.php/actanuuz/article/view/10240
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




