Tabiiy fanlar

MAHALLIY ANOR (Punica granatum L.) NAVLARI MEVA SHARBATI, POʻSTI VA URUGʻI EKSTRAKTINING ANTIGIPERTENZIV FAOLLIGI

anor (Punica granatum L.), arterial bosim, antigipertenziv taʼsir

Mualliflar

  • Farogʻat ERGASHEVA, Guliston davlat universiteti doktoranti, biologiya fanlari falsafa doktori, Uzbekistan
  • Shunqor XUSHMATOV Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi, Uzbekistan
  • Habibjon KUSHIYEV Guliston davlat universiteti huzuridagi Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti direktori, Uzbekistan

Mazkur tadqiqotda mahalliy anor (Punica granatum L.) ayrim navlari meva sharbati, poʻsti va urugʻi ekstraktlarining antigipertenziv taʼsir faolligi tahlil qilingan. Mahalliy anor (Punica granatum L.) navlari meva sharbati, poʻsti va urugʻi ekstrakti konsentratsiyaga (100-500 mg/kg) bogʻliq antigipertenziv faollikka ega boʻlib, mazkur faollik qiymati umumiy holatda “Oq dona (Tuyatish)”<“Oq shirin”<“Achchiq dona”<“Qora qayin” <“Qizil anor” ketma-ketligida dinamik ortishi aniqlangan. Mazkur agentlar fiziologik meʼyor holatida, shuningdek adrenalin gidroxlorid (0,25 mg/kg) inyeksiyasidan 60 minutdan keyin eksperimental gipertenziya sharoitida, sistolik arterial qon bosim (SAQB) oʻrtacha, diastolik arterial qon bosim (DAQB) qiymatlari sezilarli darajada pasaytirishi tasdqilangan. Olingan eksperimental natijalar kelgusida anor ekstrakti asosida antigipertenziv biologik faol qoʻshimchalar, farmakologik preparatlar ishlab chiqishda ilmiy asos sifatida foydalanilishi mumkinligi taʼkidlangan.