Tabiiy fanlar

IN VITRO SHAROITIDA ATRIPLEX L. URUG‘LARINING UNUVCHANLIGINI BAHOLASH

Janubiy Orolqum, galofit, urug’ unuvchanligi, in vitro, geterokarpiya, sho‘rlanish, Atriplex.

Mualliflar

  • Guzal AMANOVA, Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), katta ilmiy xodim, Bioorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Jamolitdin ZIYAVITDINOV, Kimyo fanlari doktori, (DSc), professor,Bioorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Xulkar XALBEKOVA, Biologiya fanlari doktori, (DSc), yetakchi ilmiy xodim,Bioorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Dostonjon RIZAYEV, Mustaqil tadqiqotchi, katta ilmiy xodim, Bioorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Kamoliddin QURBONOV Tayanch doktorant, Bioorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur tadqiqot ishida O‘zbekiston cho’l hududlarida tarqalgan istiqbolli galofit - Atriplex L. turkumi A. tatarica, A. pratovii, A. dimorphostegia, A. nitens, A. aucherii va A. micrantha turlarining in vitro sharoitida urug‘ unuvchanligi baholandi. Tadqiqot jarayonida urug‘larning sterilizatsiya usullari, unib chiqish ko‘rsatkichlari hamda boshlang‘ich rivojlanish bosqichlarida hosil bo‘ladigan mikronihollarning morfologik xususiyatlari tahlil qilindi. Olingan natijalar galofit o‘simliklarni saqlash, ko‘paytirish hamda sho‘rlangan hududlarni qayta tiklashda in vitro texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.