Tabiiy fanlar

PARRANDACHILIKDA CHLORELLA SPP.2 MIKROSUVO‘TIDAN BIOLOGIK FAOL OZIQA QO‘SHIMCHASI SIFATIDA FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Chlorella spp.2, mikroalga, parrandachilik, biologik faol oziqa qo‘shimchasi, o‘sish sur’ati, oziqa samaradorligi, tuxum mahsuldorligi.

Mualliflar

Ushbu tadqiqot Inno texnopark biotexnologiya laboratoriyasida yetishtirilgan Chlorella spp.2 mikroalgasining parrandalar o‘sishi, oziqa samaradorligi, xulq-atvori va tuxum mahsuldorligiga ta’sirini baholashga bag‘ishlangan. Tajriba 2025-yil may–oktyabr oylarida mahalliy sharoitda parvarishlangan 12 ta jo‘ja ustida olib borildi. Parrandalar nazorat va tajriba guruhlariga ajratilib, tajriba guruhiga biologik faol qo‘shimcha sifatida Chlorella spp.2 ichimlik suvi orqali berildi. Tadqiqot natijalari xlorella qo‘llanilgan guruhda haftalik vazn ortishi nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lganini (p < 0,01), oziqa iste’moli esa 10–15 % ga kamayganini ko‘rsatdi. Shuningdek, tajriba guruhida agressivlik holatlari kamayib, tuxum soni va tuxum massasi oshgani aniqlandi. Olingan natijalar Chlorella spp.2 ni parrandachilikda ekologik xavfsiz va samarali biologik faol oziqa qo‘shimchasi sifatida qo‘llash mumkinligini ilmiy jihatdan asoslaydi.