Tabiiy fanlar

ISFARA YER OSTI SUV KONINING ХUSUSIYATLARI

Isfara koni, yer osti suvlari, to‘rtlamchi davr yotqiziqlari, gidrogeologik rayonlashtirish, suvli qatlam, konus yoyilmasi, mineralizatsiya, ekspluatatsion zaxira, gidrodinamika, filtratsiya koefitsi-yenti.

Mualliflar

  • Nodirbek BOYBOBOYEV “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi boʻlim boshligʻi, mustaqil izlanuvchi, Uzbekistan

Ushbu maqolada Farg‘ona gidrogeologiya havzasining tarkibiy qismi hisoblangan Isfara yer osti suv konining geologik tuzilishi
va gidrogeologik xususiyatlari tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda hududning to‘rtlamchi davr yotqiziqlari, xususan So‘x, Toshkent,
Mirzacho‘l va Sirdaryo majmualarining stratigrafiyasi hamda litologik tarkibi batafsil yoritilgan. Isfara daryosi konus
yoyilmasining gidrodinamik rejimi, yer osti suvlarining to‘yinish manbalari va sarflanish balansi bo‘yicha ko‘p yillik ilmiy
izlanishlar natijalari umumlashtirilgan.