Tabiiy fanlar

QASHQADARYO VILOYATI HUDUDIDAGI RHIPICEPHALUS (IXODIDAE) AVLODI KANALARNING FAUNASI VA ULARNING “PARAZIT–XO‘JAYIN” SHAKLLANISHIDA ABIOTIK VA BIOTIK OMILLARNING TA’SIRI

Rhipicephalus, kanalar, parazitologik tekshiruv, chorva va yovvoyi hayvonlar, mavsumiy dinamika, Qashqadaryo viloyati.

Mualliflar

  • Sitora OMONOVA Turon Universiteti, Tabiiy fanlar kafedrasi magistranti, Uzbekistan
  • Ozoda TO‘RAYEVA Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Zoologiya kafedrasi magistranti, Uzbekistan
  • Jasur NORMATOV QarDU, Kimyo-biologiya fakulteti, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Uzbekistan
  • Ruziboy SHAPAOTOV OʻzR FA Zoologiya instituti Molekulyar zoologiya laboratoriyasi, PhD, kich.i.x., Uganda

Ushbu tadqiqot Qashqadaryo viloyati hududida qishloq xo‘jaligi va yovvoyi hayvonlarda uchrovchi Rhipicephalus avlodi kanalari
tarqalishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Rhipicephalus sanguineus, R. turanicus va R. rossicus
turlarining uchrashi aniqlanib, ularning hayvonlarga bog‘liq holda tarqalishi va hayvonlarning zararlanish darajasi baholandi.
Rhipicephalus avlodi kanalari faolligining mavsumiy dinamikasi havo harorati bilan bevosita bog‘liq ekanligi hamda turli
rivojlanish bosqichlarida xo‘jayin tanlash xususiyatlari aniqlandi. Olingan natijalar Rhipicephalus avlodi kanalarining ekologiyasi
va chorvachilik xo‘jaliklarida ularga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
hisoblanadi.