Tabiiy fanlar

O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BUG‘DOY NAVLARINING ZARARLI XASVAGA (EURYGASTER INTEGRICEPS PUT) CHIDAMLILIGINI BAHOLASH

Yumshoq bug‘doy, nav, zararli xasva, chidamlilik, agrotexnik, nonboplik, bir boshoqdagi don soni, don og‘irligi.

Mualliflar

  • Maftuna TURKISTONOVA O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Hozirgi kunda boshoqli don ekinlariga 50 dan ortiq turli xil zararkunanda hasharotlar zarar yetkazayotgani aniqlangan bo‘lib, Zararli xasva bug‘doy dalalarida keng tarqalib, don hosildorligiga va uning sifatiga katta zarar yetkazuvchi hashoratlardan biridir. Ushbu maqolada zararli xasvaga chidamli navlarni baholash bo‘yicha tadqiqot ishlari yoritilgan bo‘lib, buning uchun ma’lum chegaralangan maydonga Respublikada rayonlashgan 20 ta va Qozog‘iston seleksiyasiga mansub 23 ta bug‘doy navlaridan uch qaytariqda ekilib, har bir nav (1m2) maxsus mato bilan o‘ralgan va zararli xasva hashoratlari sun’iy qo‘yilgan. Bu navlarning hosildorlikni ta’minlovchi miqdoriy belgilari tahlil qilingan.