Tabiiy fanlar

BOR KIRITILGAN (8,0)@(17,0) IKKI QAVATLI UGLERODLI NANOTRUBKANING ELEKTR VA ISSIQLIK XUSUSIYATLARI

Uglerodli nanotrubka, bor atomlari, konsentratsiya, issiqlik o‘tkazuvchanlik, elektr o‘tkazuvchanlik, qismiy zaryad

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda (8,0)@(17,0) xirallikka ega ikki qavatli uglerodli nanotrubka (IQUNT)larning elektr va issiqlik o‘tkazuvchanlik
xususiyatlariga bor (B) atomlari kiritilishining ta’siri o‘rganildi. Bor atomlari turli konsentratsiyalarda (ρ%) kiritilib, haroratning
o‘zgarishi sharoitida o‘tkazuvchanlik mexanizmlari tahlil qilindi. Kiritilgan atomlar va haroratning o‘zgarishi zaryad taqsimlanishi
va fonon tarqalishiga ta’sir etib, natijada IQUNTlarning elektr va issiqlik o‘tkazuvchanlik samaradorligi sezilarli darajada
modifikatsiyalanishi aniqlandi.