Tabiiy fanlar

MAGNITLI SUSPENZIYA BILAN ISHLOV BERISH ASOSIDA TEXNOGEN CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH

texnogen chiqindi, magnitli suspenziya, oltin (Au), kumush (Ag),ekologik xavfsizlik, toksik elementlar

Mualliflar

  • Anzor MAHAMMATOV O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti. H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Geokimyo laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Nosir SHUKUROV H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Geokimyo laboratoriyasi boshlig‘i, PhD, Uzbekistan
  • Rasulxon ALIMOV Mineral resurslar instituti, Ma‘danli foydali qazilmalarni kompleks qayta ishlash laboratoriyasi boshlig‘i, PhD, Uzbekistan

Mazkur maqolada tog‘-kon sanoati texnogen chiqindilari tarkibidagi qimmatbaho, kamyob va nodir yer metallarini ajratib olish
muammosi tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi sanoat chiqindilaridan ikkilamchi xomashyo sifatida samarali foydalanish
hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash zarurati bilan izohlanadi. Ishda magnitli suspenziya usuliga asoslangan ajratish
texnologiyasi qo‘llanildi. Texnogen chiqindilar tarkibidagi oltin va kumush elementlarining miqdoriy tarkibi tahlil qilindi. Tadqiqot
natijalari taklif etilgan texnologiyaning samaradorligini tasdiqladi. Olingan ilmiy xulosalar tog‘-kon sanoatida chiqindilarni qayta
ishlash va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etishda amaliy ahamiyatga ega.