Tabiiy fanlar

SUV MUHITIDA NIKEL NAMUNASINI LAZER ABLATSIYASI NATIJASIDA HOSIL BO‘LGAN MAHSULOTLARNING FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI

Mualliflar

Nikel nishoni bilan lazer nurlanishining o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan nikel nanozarrachalarining sirt morfologiyasi tadqiq qilindi. Tajribalarda to‘lqin uzunligi 1064 nm bo‘lgan alyuminiy-ittriy granatali (LS-2134D) lazer qo‘llanildi. Lazer ikki impulsli
rejimda ishlatildi (impulslar orasidagi vaqt oralig‘i 3 μs, impuls davomiyligi 10 ns, impulslar takrorlanish chastotasi 10 Hz, yakka impuls energiyasi taxminan 0,05 J). Lazer ablyatsiyasi natijasida parallelogramma shaklidagi nanozarrachalar hosil bo‘lishi aniqlandi (zarrachalar uzunligi 0,2-0,4 μm oralig‘ida o‘zgaradi). Kolloid eritmada plazmon rezonansi o‘rganildi. Ablyatsiya
jarayoni va nikel nanozarrachalarini sintez qilishni nazorat qilish imkoniyati namoyish etildi hamda turli sohalarda qo‘llash uchun samarali nanozarrachalar generatsiyasiga erishildi.