Tabiiy fanlar

MALGUZAR TOG‘LARIDA TOG‘ JINSLARINING TARQALISHI

subvulkanik shakllanishlar, mayda intruziyalar, dambalar, gabbro-doleritlar, gabbro-diabazlar, diabazlar, damba kamari, rift zonasi, differensiallanish, kumulyatlar, geodinamika, Malguzar, Janubiy Tyan-Shan.

Mualliflar

Molguzar tog‘lari Shimoliy Nurota tog‘ tizmasining janubiy-sharqiy davomi bo‘lib, quyi va o‘rta paleozoy cho‘kindi-metamorfik
tog‘ jinslaridan iborat. Bu yotqiziqlar o‘rta silur davriga mansub gabbro-diabaz sillari, daykalari, ko‘plab diorit, kvarsli diorit,
granodiorit, granit-porfirlar va lamprofirlar kichik intruzivlari va daykalari yorib chiqadi. Bu hosilalar Molguzar tog‘laridan
Shimoliy va Janubiy Nurota tizmalari orqali to Auminzatovga qadar tarqalgan va oltin ma’danlashuv namoyonlari bilan
xarakterlanadi. Gipabissal nordon magmatik hosilalar flyuidlar va gidrotermal eritmalarning aylanishiga yordam beradigan issiqlik
maydonlarini va tomirli minerallashuvni hosil qiladi. Bu minerallashgan zonalar tadqiqot hududida ko‘plab maydonlarda
aniqlangan.