Tabiiy fanlar

ОСНОВНЫЕ ИСТОЧНИКИ ФОРМИРОВАНИЯ И ИЗМЕНЕНИЯ УГЛЕКИСЛОГО ГАЗА В ПОДЗЕМНЫХ ВОДАХ

yer osti suvlari, karbonat angidrit gazi, karbonatlar, erigan minerallar, mantiya uglerodi, ko‘mir kislotasi, flyuidlar, yuvilish, shakllanish manbalari

Mualliflar

  • Шухрат ЮСУПОВ Профессор Ташкентская медицинская академия, Uzbekistan
  • Людмила ШИН, Независимый исследователь Ташкенский государственный технический университет, Uzbekistan
  • Отабек РАХИМБАЕВ Базовый докторант Ташкенский государственный технический университет, Uzbekistan

Maqolada yer osti suvlarining kimyoviy va gaz tarkibining geologik, gidrogeologik, iqlimiy, gidrogeodinamik, biologik hamda termodinamik omillar ta’sirida shakllanishining asosiy qonuniyatlari ko‘rib chiqilgan. Karbonat angidrit gazining manbalari xilma-xilligi qayd etilib, yer osti suvlarida CO₂ ning seysmik faollik bilan bog‘liq holda olib borilgan monitoring tadqiqotlarining qisqacha sharhi keltirilgan. Karbonat angidrit gazining eruvchanligi bosim, harorat va suvning kimyoviy tarkibi bilan belgilanib, bosim ortishi bilan oshishi va harorat ko‘tarilishi bilan kamayishi ko‘rsatilgan, shu bilan birga erigan mineral tuzlar suv eritmalarining pH ko‘rsatkichini barqarorlashtirishga xizmat qilishi aniqlangan. Organik modda cho‘kindi qatlamlarda karbonat angidrit gazining asosiy manbalaridan biri ekanligi hamda uning muhim qismi karbonat va bikarbonat birikmalar hosil bo‘lishi bilan kechadigan reaksiyalarda ishtirok etib, yer osti suvlarining gidrogeokimyoviy xususiyatlarini belgilashi aniqlangan.