Tabiiy fanlar

N-GEPTAN MOLEKULASINING DIATSETATSELLYULOZA-KREMNEZEM GIBRID BIONANOKOMPOZITSIYASIGA ADSORBSIYALANISHINI SORBTSION-STRUKTURAVIY TAHLILI

adsorbsiya, izoterma, diatsetatsellyuloza, kremnezem, n-geptan, Lengmyur, BET, Aranovich.

Mualliflar

  • Axror YARKULOV Kimyo fanlari doktori (DSc), dotsent Oʻzbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston, Uzbekistan

303 K da ammiak molekulasini diatsetatsellyuloza(DAS)-kremnezem gibrid bionanokompozitsiyasiga adsorbsiyalanish izotermasi
olindi. Adsorbsiya izotermasi Lengmyur, BET va Aranovich izoterma modellari tenglamalaridan foydalanib sorbsion-struktura
kо‘rsatkichlari hisoblab topildi. Bunda model konstantalari sirtning energetik jihatdan faol ekanligini, adsorbent sirtida kuchli
adsorbent–adsorbat o‘zaro ta’sirlar mavjudligini, birinchi monoqatlam aniq va barqaror shakllangan bo‘lib asosan fizikaviy
adsorbsiyalanish jarayoni borishini ko‘rsatdi. Solishtirma sirt yuzasining yuqori qiymati adsorbentda energetik jihatdan geterogen
va faol yuqori adsorbsion sig‘im mavjudligini hamda o‘rtacha g‘ovak radiusi esa mikro-mezog‘ovakli ierarxik strukturadan iborat
ekanligini ko‘rsatdi.