Tabiiy fanlar

ALKANOLAMIN ERITMASIDA ISSIQQA BARDOSHLI TUZLAR MIQDORINI ANIQLASH

aminli tozalash, dietanolamin (DEA), issiqqa bardoshli tuzlar (IBT), skrubber, titrlash, ion almashinuvchi smola, regeneratsiya, ko‘piklanishni kamaytirish.

Mualliflar

  • Гулрух ЭШДАВЛАТОВА Лукман КАМОЛОВ, Доктор философии по техническим наукам (PhD), доцент Каршинский государственный технический университета, Доктор химических наук (DSc), профессор Каршинский государственный университета , Uzbekistan
  • Чиннигул БОБИЛОВА Доцент, Каршинский государственный технический университета , Uzbekistan

Ushbu ilmiy ishda dietanolamin (DEA) asosidagi aminli absorber tizimlarida nordon gazlar (H2S va CO2) ni yutish jarayonida hosil bo‘ladigan issiqqa bardoshli tuzlar (IBT) ning shakllanishi, ularning jarayon samaradorligiga ta’siri va kamaytirish usullari o‘rganildi. Tadqiqot davomida tozalangan va to‘yingan DEA eritmalari titrlash metodi yordamida tahlil qilindi. Olingan eksperimental natijalar asosida IBT miqdori oshishi DEA ning qayta tiklanish qobiliyatini pasaytirishi, absorberda ko‘piklanish yuzaga kelishi, hamda jarayonini sekinlashtirishi aniqlandi. Shuningdek, ion almashinuvchi smola (Dowex 50W-X8) yordamida IBT larni eritmadan ajratish samaradorligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kationit bilan ishlov berish DEA regeneratsiyasini yaxshilaydi va amin sarfini kamaytiradi.