Tabiiy fanlar

MATRITSASIDA IMMOBILLANGAN PIROKATEXIN BINAFSHA YORDAMIDA TABIIY SUVLARDA CU(II) IONINI YUQORI SEZGIRLIKDA SORBSION-SPEKTROFOTOMETRIK ANIQLASH USULINI ISHLAB CHIQISH

Cu(II) ioni, Pirokatixin binafsha, PPF-1 matritsasi, immobillash, sorbsion–spektrofotometriya.

Mualliflar

Tabiiy suvlarning Cu(II) ionlari bilan ifloslanishi dolzarb ekologik muammodir. Ushbu tadqiqotning maqsadi PPF-1 matritsasida
immobillangan pirokatixol binafsha reagenti yordamida Cu(II) ionini aniqlash uchun sezgir sorbsion-spektrofotometrik usulni
ishlab chiqishdan iborat. Ilmiy yangilik sifatida, Cu(II) ionini samarali aniqlash uchun birinchi marta pirokatexin binafsha reagenti
modifikatsiyalangan PPF-1 matritsasiga immobillanib, yangi polimer asosli tizim yaratildi. Tadqiqotlar spektrofotometriya va
spektroskopiya usullari yordamida amalga oshirildi. Cu(II) ionini aniqlashning yutilish spektri 610 nm to‘lqin uzunligida va optimal
pH 5.0 oralig‘ida kuzatildi. Pirokatixol binafshaning polimer matritsasiga immobillanish samaradorligi 96% ni tashkil etdi. Ishlab
chiqilgan ushbu usul turli obyektlar tarkibidan Cu(II) ionini aniqlash va konsentrlash uchun sezgir va samarali usul hisoblanadi.