Tabiiy fanlar

DEHQONOBOD KONI DOLOMITINI SULFAT KISLOTA VA XLORID KISLOTASIDA PARCHALASH ORQALI MAGNIY XLORID OLISH

dolomit, sulfat kislotasi, o‘tish darajasi, qattiq va suyu fazalarning tarkibi, gips cho‘kmasi, magniy sulfati eritmasi, magniy xlor, blok-sxema.

Mualliflar

Dehqonobod koni dolomitini sulfat kislotasi va xlorid kislota bilan parchalash jarayoni tadqiq etilgan. Ko‘piklanish jarayoni sirt-
faol moddasi qo‘llash orqali bartaraf etilgan. Ko‘rsatganki, kislota meyori qancha yuqori bo‘lsa, komponentlarning suyuq faza
o‘tish darajasi shuncha past bo‘ladi. Kislota sarfi, parchalanish darajasi va suyuq fazadagi magniy sulfati va magniy xlorid
konsentratsisini inobatga olgan holda kislota maqbul meyorini stexiometriyatdan 100-110 % deb qabul qilish mumkin. Bunda
kalsiy va magniy karbonatlari parchalanish darajasi 90-93,5 % oralig‘ida bo‘ladi. Kalsiy sulfati va parchalanmay qolgan dolomit
mineralidan tashkil topgan cho‘kmalarni qurilish materiallari sifatida qullashga tavsiya etiladi. Suspenziyaning suyuq fazasidan
kristallash yo‘li bilan magniy xloridi, ikki suvli kalsiy sulfat (gips) va qurilish alibaster olinadi. Siklik usulda magniy xlorid
olishning blok-sxemasi ishlab chiqilgan.