Tabiiy fanlar

“OLMALIQ KMK” AJ RUX ZAVODIDA HOSIL BOʻLADIGAN KADMIY – KOBALT - NIKEL KEKLAR TARKIBIDAN KOBALT (II), MIS (II), NIKEL (II) VA KADMIY (II) IONLARINI EKOLOGIK TOZA VA YUQORI SAMARALI AJRATISH USULINI ISHLAB CHIQISH

Kobalt (II), mis (II), nikel (II) va kadmiy (II) ionlarini, 2-nitrozo-1-naftol, ditizon, Cyanex 272, NaHS, (NH 4 ) 2 S, Na 2 CO 3 analitik reagent, ajratish va konsentirlash usullar, pirometallurgiya, gidrometallurgiya, ekstraksiya, sementatsiya aniqlash usulari.

Mualliflar

Ushbu maqolada kobalt (II), mis (II), nikel (II) va kadmiy (II) ionlarini konsentirlash va ajratib olish usuli, sanoatda kobalt (II),
mis (II), nikel (II) va kadmiy (II) ionlarini ishlab chiqarish texnalogiyasi va menerallarining tarkibi haqida ma’lumotlar taqdim
etilgan. Bundan tashqari, “Olmaliq KMK” Rux zavodida ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan rux keki, gidrat keki bundan
tashqari kadmiy-kobalt-nikel keklari deb ataluvchi chiqindilarning turlari va eritmalarining kimyoviy tarkibi hamda ularni ajratib
olish usullari, tarkibida kobalt saqlagan rudalar va sanoat chiqindilari mavjud bo‘lsada, kobalt metall holatida ishlab chiqarishga
joriy qilinmayapdi. Sanoatning yildan yilga rivojlanib borayotgani oraliq mahsulot kek deb ataluvchi sanoat chiqindilar toplanib
borayotgani ekalogiyaga jiddiy havf solmoqda, tarkibida kobalt metallining miqdori taxminan 2,03 % gacha bo‘lgan oraliq
mahsulot sifatida mavjud bo‘lib, keklaridan haftasiga 6 t, 1 oyda 24 t, yiliga 280-300 t tonna kobalt metallini ajratib olish imkonini
beradi.