Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUSTAQILLIK DAVRIDA AYOLLAR HUNARMANDCHILIGINING TIKLANISH JARAYONLARI VA ERISHILGAN IJTIMOIY-IQTISODIY NATIJALAR (JANUBIY VILOYATLAR MISOLIDA)

ayollar hunarmandchiligi, kasanachilik, milliy an’analar, bandlik, kichik biznes, institutsional qo‘llab-quvvatlash, hududiy rivojlanish

Mualliflar

  • Dilovar NOSIROVA Denov tadbirkorlik va pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Uzbekistan

Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqilligi yillarida ayollar hunarmandchiligining tiklanish jarayonlari va erishilgan natijalari
tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlat siyosati, normativ-huquqiy asoslar hamda institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining
ayollar faolligiga ta’siri tarixiy-tizimli yondashuv asosida baholanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ayollar hunarmandchiligi
dastlab milliy an’analarni tiklash vositasi sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik kichik biznes va bandlikni ta’minlashning
muhim omiliga aylangan. Hududiy markazlarda kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi iqtisodiy barqarorlikni
mustahkamladi. Xulosa sifatida ayollar hunarmandchiligi mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim
segmentiga aylangani asoslanadi