Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOLALAR SEREBRAL FALAJI MAVJUD BO’LGAN BOLALARNI TARBIYALAYOTGAN OILALARDA OTA- ONA VA BOLA MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (TADQIQOTNING BIRLAMCHI NATIJALARI)

Bolalar serebral falaji, ota-ona munosabati, gipervasiylik, hissiy muloqot, oila.

Mualliflar

Maqolada BSF mavjud bo’lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalardagi ota-ona va bola munosabatlarini o‘rganish bo‘yicha
tadqiqotning birlamchi natijalari bayon etilgan. Tashxisiy vosita sifatida PARI metodikasi (E.S. Schaefer, R.K. Bell; T.V.
Neshcheret adaptatsiyasi), shuningdek, «Men va mening bolam» proektiv metodikasidan foydalanildi. Olingan ma’lumotlar yaqqol
hissiy jalb qilinganlik, hamkorlikka yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sir va gipernazorat moyilliklarining uyg‘unligidan dalolat beradi.
Ambivalent ota-ona pozitsiyasi shakllanishining psixologik mexanizmlari muhokama qilinadi. Olingan ma’lumotlar surunkali
stress sharoitida ota-ona xulq-atvorining kompensator mexanizmlari tushuntirilgan holda taqdim etilgan. Ota-ona pozitsiyasining
o‘ziga xos tuzilishi haqida xulosa chiqariladi.