Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NOMINASIYA NAZARIYASI VA TABIIY OBYEKTLARNI NOMLASH MUAMMOSI

Nominatsiya, tabiiy obyektlar, daraxt va buta nomlari, shaffof va noshaffof motivatsiya.

Mualliflar

Mazkur maqolada nominasiya nazariyasining lingvistik asoslari tahlil qilinadi hamda tabiiy obyektlar, xususan daraxt va buta nomlari misolida nomlash mexanizmlarining amaliy ifodasi yoritiladi. Nominasiya tilning asosiy funksional mexanizmlaridan biri sifatida talqin qilinib, u orqali obyektiv reallik elementlarining leksik birlik sifatida shakllanishi jarayoni izohlanadi. Tadqiqotda til belgisining ikki tomonli tabiati haqidagi Ferdinand de Saussure ta’limoti hamda tilning referent funksiyasiga oid Roman Jakobson qarashlariga tayanilgan holda nomlashning mazmun va ifoda birligi sifatidagi mohiyati asoslanadi.