Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDAGI FITOMORF METAFORALAR LINGVOPOETIKASI

fitomorf, metafora, lingvopoetika, ko‘chma ma’no, o‘xshatishlar

Mualliflar

  • Gulnora MUQIMOVA Buxoro viloyati PMM Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent, PhD, Uzbekistan

Tilda har bir unsurning o‘z vazifasi, ma’no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog‘lanish qonuniyatlari mavjud. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo‘lgan, badiiy didi, so‘z sezgisi va mahorati yuksak Shavkat Rahmon betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar, so‘z chaqinlarini paydo qila oladiki, kitobxon adibning nafaqat g‘oyasi, balki go‘zal tilining asiriga aylanadi. Shoir fitonimlardan asarlarida ularning o‘z va ko‘chma ma’nolaridan mahorat bilan foydalanib, ular vositasida ta’sirli lavhar yarata olgan