Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DIALOGIK NUTQDA PUNKTUATSION BIRLIKLARNING KOMMUNIKATIV VAZIFASI

Dialogik nutq, punktuatsiya, pragmatika, illokutiv kuch, implikatura, presuppozitsiya, kommunikativ vazifa, o‘zbek tili.

Mualliflar

Maqolada o‘zbek tilidagi dialogik nutqda tinish belgilarining muloqotdagi vazifasi pragmalingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi. O‘zbek badiiy asarlari, publitsistik matnlar va zamonaviy yozishmalardagi dialoglar asosida nuqta, so‘roq, undov, uch nuqta, tire belgilarining muloqotdagi vazifasi o‘rganiladi. Tahlil natijasida aniqlanishicha, dialogik nutqda punktuatsiya faqat grammatik belgi emas, balki suhbat jarayonini boshqaruvchi, so‘zlovchining munosabatini ko‘rsatuvchi va suhbatdoshga ta’sir etuvchi muhim vosita hisoblanadi.