Ijtimoiy-gumanitar fanlar

CHEGARA ORTIDAN KELGAN OVOZ: ZULFIYA QUROLBOY QIZI HIKOYALARIDAGI SIRLI TIMSOLLAR

Sirli ovoz, gul yuzli ayol, Mulla Ashur, yolg‘izlik, tush, qo‘rquv, og‘ilxona, dor, o‘lim, kampirlar, kelin, Farida va b.q.

Mualliflar

O‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan bo‘lmish Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari o‘zbek adabiyotida o‘zining muammoli masalalarini yoritishi bilan ma’lum. Maqola adibaning hikoyalarida uchraydigan sirli timsollar, ularning mazmuniy va badiiy jihatlarini tahlil etishga bag‘ishlanadi. Z.Qurolboy qizining “Ajal qiyofasidagi ayol” hamda “O‘limga yetaklovchi kampirlar” nomli hikoyalarida keltirilgan sirli epizodlar va ularning qahramon ruhiyatiga ta’siri qiyosiy jihatdan tahlilga tortilgan. Hikoyada yozuvchining yuksak mahorati uning yaratgan obrazlari orqali ko‘rsatib berilgan.