Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BUXORO AMIRLIGI DAVRIDA POYTAXT SHAHARNING SAVDO MUNOSABATLARI TARIXI

Buxoro amirligi, Buxoro shahri, savdo munosabatlari, ichki savdo, tashqi savdo, karvonsaroylar, timlar, chorus, Savdo rastalari, Tranzit Savdo, hunarmandchilik, zakot solig‘i, qul savdosi.

Mualliflar

Mazkur maqolada Buxoro amirligi davrida poytaxt Buxoro shahrining savdo munosabatlari, savdo infratuzilmasi va ichki hamda
tashqi savdo tizimi tarixiy manbalar asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotda shahar savdo hayotida bozorlarning o‘rni, karvonsaroylar,
timlar, toqlar, chorsu va savdo rastalarining faoliyati batafsil yoritilgan. Shuningdek, savdo jarayonining hunarmandchilik bilan
uzviy bog‘liqligi, savdo qonunlari, soliq tizimi hamda qul savdosining mavjudligi tahlil qilinadi. Maqolada Buxoro shahrining
geografik joylashuvi va tranzit savdo yo‘llaridagi strategik ahamiyati ochib berilib, uning Markaziy Osiyo, Rossiya, Eron,
Afg‘oniston va Hindiston bilan savdo aloqalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari Buxoro shahrining Buxoro amirligi davrida
mintaqaviy va xalqaro savdoda muhim iqtisodiy markaz bo‘lganini ko‘rsatadi.