Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SOSONIY ERON QOYATOSH HAYKALTAROSHLIGIDA SHAHAN-SHOH TASVIRLARI

Sosoniylar, shahan-shoh, qoyatosh relyef, investitura, imperiya mafkurasi, vizual legitimatsiya, Ahamoniy merosi, Bishapur, Naqsh-e Rostam, sakral hokimiyat

Mualliflar

  • Окилжон ЗИЯЕВ Учитель истории, частной школы Future Education «BEK», г. Ташкент, Uzbekistan

Mazkur maqolada ilk Sosoniy hukmdorlari – Ardashir I va Shapur I tomonidan Ahamoniylar merosidan siyosiy legitimatsiya va
madaniy davomiylik mexanizmi sifatida foydalanish masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida Bishapur va
Naqsh-e Rostam qoyatosh relyeflari tanlangan. Arxeologik ma’lumotlar hamda ikonografik-komparativ tahlil asosida sosoniylar
ahamoniy ramzlari, podsholik atributlari va monumental makon modelini ongli ravishda o‘z imperiyaviy mafkurasiga
integratsiya qilgani asoslab beriladi. Investitura va triumf sahnalari sulolaviy legitimatsiya va shahan-shoh hokimiyatining sakral
mohiyatini ifodalovchi markaziy ikonografik model sifatida baholanadi.