Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ToshDO‘TAU dotsenti v.b S.Rasulova taqrizi asosida SA’DULLA SIYOYEVNING “AHMAD YASSAVIY” ROMANINING TIL XUSUSIYATLARI

Muallif nutqi, personaj nutqi, epigraf, frazeologizm, allegoriya, xalq maqollari, badiiy til, o‘xshatish, epitet, dialog, monolog.

Mualliflar

Mazkur maqolada Sa’dulla Siyoyevning “Ahmad Yassaviy” romanining til xususiyatlari kompleks tahlil qilinadi. Asarda muallif nutqi va personajlar nutqining o‘zaro munosabati, tarixiy va arxaik leksika, tasavvufiy terminologiya, epitetlar, frazeologik birliklar, epigraflar, badiiy tasvir vositalari, allegoriyalar, xalq maqollari misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, asarda monolog va dialog vositasida obraz ruhiyati ochib beriladi.