Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA SIYOSIY PARTIYALARNING FUQAROLIK JAMIYATINING BOSHQA INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI

Siyosiy partiya, fuqarolik jamiyati, siyosiy institutlar, demokratiya, elektorat, saylovlar, davlat boshqaruvi, hokimiyat.

Mualliflar

Globallashuv sharoitida jamiyat boshqaruvini samarali tashkil etishda siyosiy partiyalar faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi
ularning fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini mustaxkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda
ham so‘nggi yillarda siyosiy partiyalar faoliyati rivojlanib yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda. Xususan, ularning davlat
boshqaruvini nomarkazlashtirishdagi, demokratiyaga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi rolini oshirish yo‘lida
islohotlar jadallashdi. Shunga qaramasdan siyosiy partiyalar faoliyatining ayrim yo‘nalishlari xususan, ularning fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi sustligicha qolmoqda. Jamiyat taraqqiyoti unda faoliyat yuritayotgan siyosiy
institutlarning birgalikdagi samarali faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda faoliyat
yuritayotgan siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini oshirish muammolarini o‘rganish
dolzarbdir.