Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA SHAXS MADANIY SAVIYASINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI (ILMIY VA AXLOQIY MADANIYAT UYG‘UNLIGIDA)

shaxs, jamiyat, tafakkur, madaniy saviya, axloq, innovatsiya.

Mualliflar

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy islohotlar sharoitida shaxs madaniy saviyasining rivojlanish tendensiyalari ilmiy va
axloqiy madaniyat uygʼunligi nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy jamiyatda shaxs madaniy kamolotiga taʼsir
etuvchi ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy omillar ochib berilgan. Ilmiy madaniyatning shaxs intellektual salohiyati va tanqidiy
tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni, axloqiy madaniyatning esa ijtimoiy masʼuliyat va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi
ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, taʼlim-tarbiya tizimida ilmiy bilimlar bilan milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni
uygʼunlashtirish shaxs madaniy saviyasini yuksaltirishning muhim sharti ekanligi ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot natijalari
ijtimoiy-falsafiy tahlil asosida umumlashtirilib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.