Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MAHALLA INSTITUTI IJTIMOIY BOSHQARUV VA FUQAROLIK JAMIYATI TIZIMIDA

Mahalla, OAV, ijtimoiy boshqaruv, fuqarolik jamiyati, OAV ta’siri, konseptual model, tarixiy jarayon.

Mualliflar

  • Laylo MUHITDINOVA O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Uzbekistan

Globallashuv jarayonlari tobora kuchayib borayotgan XX asrning so‘nggi choragi va XXI asr boshlarida dunyoning turli
mintaqalarida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-madaniy, mafkuraviy-siyosiy o‘zgarishlar sharoitida xalqlarning
tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini saqlab qolish hamda kelajak avlodlarga yetkazish masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etib
bormoqda. Jahonda yuz berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar, davlatning siyosiy va ma’muriy tuzilmasi
aholiga boshqaruv jarayonlarida, avvalambor, mahalliy darajada faol ishtirok etish imkoniyatini bermoqda. Ushbu imkoniyatning
ro‘yobga chiqishi fuqarolik jamiyatining mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tarkibiy qismiga xos bo‘lib, shu boisdan mazkur
tuzilmaning jamiyatning mustaqil instituti sifatidagi o‘rni ortib bormoqda.