TURKIYA TASHQI SIYOSATIDA “YUMSHOQ KUCH” KONSEPSIYASINING QO‘LLANILISH MEXANIZMLARI VA INSTITUTSIONAL ASOSLARI

Xalqaro munosabatlar, Mustafo Kamol Otaturk, Kamolchilik, Ahmet Dovuto‘g‘li, qo‘shnilar bilan nol muammolar, AKP, Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, “yumshoq kuch”, turkiy dunyo, tashqi siyosat, madaniy diplomatiya, xalq diplomatiyasi, din omili, tashqi siyosat.

Mualliflar

##submission.downloads##

Ushbu maqola zamonaviy Turkiya tashqi siyosatida “yumshoq kuch” konsepsiyasidan foydalanish dinamikasini aniqlash va shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy, madaniy, diniy omillar rolini tahlil etish, institutsional asoslarini o‘rganish tadqiqiga bag‘ishlangan. Shuningdek, Turkiyaning tashqi siyosat konsepsiyasini shakllantirishda foydalanadigan “yumshoq kuch”ning zamonaviy konseptual va mafkuraviy asoslarini tavsiflash va tahlil qilish ko‘zda tutiladi. Turkiya “yumshoq kuch”ining ham Anqara, ham xalqaro munosabatlarning boshqa subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan vositalarini tavsiflash hamda, dunyoning turli mintaqalarida turkiy “yumshoq kuch”ning qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.