Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK VA INGLIZ BOLALAR ADABIYOTIDA MISTIK OBRAZLARNING MA’NAVIY-TARBIYAVIY TALQINI (XUDOYBERDI TO‘XTABOYEV VA SUSAN HILL ASARLARI QIYOSIDA)

mistika, obraz, tarbiya, talqin, adabiyot, qiyos, ramz, psixologiya, tasvir, axloq.

Mualliflar

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz bolalar adabiyotida mistik obrazlarning ma’naviy-tarbiyaviy talqini qiyosiy jihatdan tahlil
qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari hamda Syuzan Hillning “Men saroyning
podshohiman” (“I’m the King of the Castle”) romani tanlandi. Tadqiqotning maqsadi ushbu asarlarda mistik obrazlar orqali
ifodalangan ma’naviy-tarbiyaviy g‘oyalarni aniqlash va ularning badiiy talqinini qiyosiy jihatdan yoritishdan iborat. Tahlil
natijalari shuni ko‘rsatadiki, mistik obrazlar bolalar adabiyotida nafaqat badiiy tasvir vositasi, balki yosh avlodning ma’naviy-
axloqiy qarashlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tarbiyaviy omil sifatida namoyon bo‘ladi.