Ijtimoiy-gumanitar fanlar

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA TERMIZ VA CHAG‘ANIYON

Amir Temur, Temuriylar davri, Termiz, Chag‘oniyon, Temur tuzuklari, Zafarnoma, tarixiy manbalar, shaharsozlik, savdo yo‘llari.

Mualliflar

Ushbu maqolada Amir Temur va temuriylar davrida Termiz va Chag‘oniyon hududlarining siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi o‘rni tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Xususan, Sohibqironning hokimiyat tepasiga kelishida mazkur hududlarning strategik ahamiyati, Temur faoliyatining ushbu hududlar bilan bevosita bog‘liqligi, shuningdek, temuriylar davrida shaharsozlik, savdo va madaniy rivojlanish jarayonlari yoritilgan. Tadqiqotda “Temur tuzuklari”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si va boshqa manbalar asosida ilmiy xulosalar chiqarilgan.