Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TURK HIKOYALARI VA ULARDAGI FOLKLOR UNSURLARI TADQIQI

hikoya, turk hikoyachiligi, folklor unsurlari, adabiyotshunoslik, ilmiy tadqiqot.

Mualliflar

Ushbu maqolada turk hikoyachiligi va undagi folklor unsurlarining adabiyotshunoslikda o‘rganilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda
hikoya janrining strukturaviy xususiyatlari, milliy tip va xarakter masalasi, ijtimoiy realizm hamda intertekstual va postmodern
yondashuvlar doirasida adabiyotshunoslarning ilmiy talqinlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, folklor elementlari – maqol va
matallar, mifologik va ramziy obrazlar, xalqona nutq hamda madaniy kodlar – yozma adabiyot tarkibida qanday funksional va
semantik vazifalarni bajarishi adabiy nazariya nuqtayi nazaridan yoritiladi. Maqolaning maqsadi turk hikoyalarida folklor va
zamonaviy adabiyot o‘rtasidagi uzviy aloqani ilmiy asosda ko‘rsatish, bu masalaning tadqiqot metodologiyasi va
adabiyotshunoslikdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat. Natijalar folklor unsurlarining hikoya janrida milliy identitet, estetik ifoda
va madaniy davomiylikni ta’minlovchi muhim omil ekanligini tasdiqlaydi.