Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MADANIY IDENTITET VA MEDIA-MAKON: SHAXS, JAMIYAT VA RAQAMLI O‘ZLIK MASALALARI

madaniy identitet, media-makon, raqamli o‘zlik, ijtimoiy tarmoqlar, algoritm, diskurs, performativlik, self-branding, polaryatsiya, media savodxonlik

Mualliflar

  • Yusuf ERGASHEV Guliston davlat universiteti, Guliston, O‘zbekiston., Uzbekistan

Maqolada media-makonning madaniy identitetni shakllantirish, qayta talqin etish va fragmentatsiya qilishdagi roli nazariy hamda
amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Identitetning sotsial-konstruktiv tabiati, media diskurslari, platforma arxitekturasi va algoritmik
boshqaruv sharoitida raqamli o‘zlik fenomeni yoritiladi. Ijtimoiy tarmoqlar, vizual kommunikatsiya va self-branding shaxsning
o‘zini namoyon etish imkoniyatini kengaytirishi bilan birga, axborot pufagi, polaryatsiya, dezinformatsiya va kiberzo‘ravonlik
singari xavflarni ham kuchaytirishi asoslanadi. Yakunda media savodxonlik, raqamli etika va milliy madaniy kontentni
rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.