Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TELEBOSHLOVCHINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGI: VERBAL VA NOVERBAL MULOQOTNING NAZARIY ASOSLARI

teleboshlovchi, kommunikativ kompetentlik, nutq madaniyati, verbal kommunikatsiya, noverbal kommunikatsiya, paralingvistika, proksemika, media kommunikatsiya.

Mualliflar

  • Yulduz ZOHIDOVA O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Xalqaro va audiovizual jurnalistika” kafedrasi dotsenti, PhD, Uzbekistan

Maqolada teleboshlovchining kommunikativ kompetentligi masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda
teleboshlovchining nutq madaniyati, auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatish qobiliyati hamda axborotni aniq va ta’sirchan
shaklda yetkazish malakasi kommunikativ kompetentlikning muhim tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
telekommunikatsiya jarayonida verbal va noverbal kommunikatsiya vositalari – mimika, imo-ishoralar, intonatsiya, proksemika va
paralingvistik elementlarning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Maqolada teleboshlovchi nutqida adabiy til me’yorlariga
rioya qilish, ona tilining sofligini saqlash hamda kommunikativ kompetentlikni doimiy ravishda rivojlantirib borish zarurligi
ta’kidlanadi