Ijtimoiy-gumanitar fanlar

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA RAQAMLASHUV VA MILLIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI: FALSAFIY TAHLIL

raqamlashuv, taraqqiyot strategiyasi, milliy qadriyatlar, identiklik, madaniy transformatsiya, falsafa, modernizatsiya

Mualliflar

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida raqamli transformatsiya jarayonlari va milliy qadriyatlar tizimi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik falsafiy-metodologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Raqamlashuv fenomeni nafaqat texnologik innovatsiya sifatida, balki epistemologik va ontologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy hodisa sifatida talqin etilib, uning milliy identiklik, madaniy uzviylik va jamiyatning ma’naviy barqarorligiga ta’siri ochib beriladi. Tadqiqotda raqamlashuv va milliy qadriyatlar o‘rtasidagi munosabat dialektik va sinergetik yondashuv asosida o‘rganilib, ularning o‘zaro to‘ldiruvchi xususiyatlari asoslab beriladi. Maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi kontekstida raqamlashuv va milliy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashning inson markazli, madaniy suverenitetga asoslangan va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan modeli taklif etiladi hamda uning nazariy va amaliy ahamiyati asoslab beriladi.