Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JADID MA’RIFATPARVARI ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA SALBIY XULQ VA TARBIYA MASALALARI

Axloq, tarbiya, axloq tarbiyasi, yaxshi xulq, yomon xulq, hamoqat, hilm, zulm, adovat.

Mualliflar

  • Sevaraxon OTAXONOVA O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi Qo‘qon universiteti Andijon filiali, Uzbekistan

Mazkur maqolada jadid ma’rifatparvari Abdulla Avloniy asarlarida axloq, xulq-atvor va tarbiya masalalari tahlil qilinadi. Xususan,
Turkiy Guliston yoxud axloq asarida bayon etilgan axloqiy qarashlar, yaxshi va yomon xulq tushunchalari hamda yosh avlod
tarbiyasida axloqiy qadriyatlarning o‘rni yoritiladi. Maqolada salbiy xulq sifatida hamoqat, zulm, adovat kabi illatlarning mohiyati
ochib berilib, ularning jamiyat va shaxs rivojiga salbiy ta’siri izohlanadi. Shuningdek, ushbu salbiy xususiyatlarga zid bo‘lgan hilm,
ya’ni sabr-toqat, muloyimlik va bag‘rikenglik kabi ijobiy fazilatlarning tarbiya jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi