Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA NEFT VA GAZ SANOATI TARAQQIYOTI

Neft va gaz sanoati, Ural iqtisodiy havzasi, Ko‘kdumaloq, Alan, Pomiq.

Mualliflar

O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining zamonaviy moddiy texnika bazasini yaratish sanoat va xalq xo‘jaligi sohasida tub
o‘zgarishlarni ta’minlashda ishlab chiqarishning neft va gaz sanoati tarmoqlari alohida o‘rin tutadi. Ta’kidlash joizki, mamlakat
iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash hamda xalq farovonligini ta’minlashda neft-gaz sanoatining rivojlantirilishi, barqaror
faoliyat ko‘rsatishi muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy taraqqiyot tizimida sanoat tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash
jarayonida yoqilg‘i-energetika tizimi hal qiluvchi o‘ringa ega. O‘z navbatida yoqilg‘i-energetika tizimida esa neft va gaz sanoati
alohida o‘rin tutadi.