Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SOVET HOKIMIYATI VA BUXORO AMIRLIGI: AG‘DARILISH VA BOSHQARUV TRANSFORMATSIYASI

Turkiston, Buxoro Respublikasi, Xiva Respublikasi, bolsheviklar, sovet hokimiyati, qatag‘on siyosati, VCHK, GPU, OGPU, NKVD, inqilobiy tribunal, jadidchilik harakati, Yosh buxoroliklar, milliy muxolifat, sinfiy kurash.

Mualliflar

  • Shahodat ZAYNIDDINOVA Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bо‘limi katta tergovchisi Qarshi Davlat universiteti ilmiy xodimi, Uzbekistan

Ushbu maqolada 1917-1924-yillarda Turkiston o‘lkasida, shuningdek 1920-yildan boshlab Buxoro va Xiva hududlarida sovet
hokimiyati tomonidan aksilinqilobchilikka qarshi kurash bahonasida yaratilgan davlat qatag‘on mexanizmi hamda uning faoliyati
tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet hukumatining favqulodda hokimiyat organlari VCHK, GPU, OGPU, NKVD, inqilobiy
tribunallar va boshqa kuch ishlatuvchi idoralarning tashkil etilishi va ularning milliy davlatchilik g‘oyasi uchun kurashgan
mahalliy kuchlarga qarshi olib borgan repressiv siyosati yoritiladi. Shuningdek, jadidchilik harakatining Turkiston, Buxoro va
Xiva hududlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri, “Yosh buxoroliklar” harakati faoliyati hamda ularning siyosiy
maqsadlari tahlil qilinadi.