Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“AMERIKA FOJIASI” ROMANI JAMIYATDAGI IJTIMOIY ADOLATSIZLIK VA INSON QISMATI

Teodor Drayzer, jamiyatning ijtimoiy va axloqiy muammolar, jahon adabiyoti, sof qalb, jamiyat tanqidi, adabiy asarlar, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy adolatsizlik, adabiy meros.

Mualliflar

Mazkur maqolada ingliz adibi Teodor Drayzer o‘z asarlari orqali o‘quvchini insoniy qadriyatlar va jamiyat muammolari haqida chuqur
o‘ylashga undaydi. Yozuvchi, ayniqsa, jamiyatning asosiy ijtimoiy institutlari - oila, din, ta’lim va iqtisodiy tizim muammolarini tanqid
qiladi. Drayzerning fikricha, jamiyatning bu muammolari shaxsning shaxsiy hayotida aks etadi va uni fojiali yakunga olib keladi.
Yozuvchining asarining ahamiyati shundaki, u tanqidiy realizm tamoyillariga sodiq qolib, jamiyatning ijtimoiy va axloqiy muammolarini
ochiq va aniq tasvirlay olgan. Drayzer asarlarida tasvirlangan shaxsiy intilishlar va ijtimoiy muhit ta’siri o‘rtasidagi psixologik murakkablik
va ichki kurash uning romanlariga jahon adabiyotida muhim o‘rin tutishga imkon berdi.