Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IJTIMOIY TARMOQLARDA SHAXS IDENTIFIKATSIYASI VA O‘ZINI TAQDIM ETISH MUAMMOSI

Ijtimoiy tarmoqlar, shaxsiy identifikatsiya, self-presentation (o‘zini namoyon etish), ijtimoiy taqqoslash, o‘smirlar psixologiyasi, virtual identitet, onlayn auditoriya, rol modellari (social hero), raqamli jamiyat, autentiklik.

Mualliflar

  • Farida IBODOVA Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli jamiyatda ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar shaxsiy identifikatsiyasiga ta’siri falsafiy va psixologik
nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xususan, self-presentation (o‘zini namoyon etish), ijtimoiy taqqoslash, rol modellari va onlayn
auditoriyaning o‘smirlar ongiga ta’siri yoritib beriladi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning nafaqat kommunikativ vosita, balki shaxsni
shakllantiruvchi muhim epistemik makon ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, virtual muhitda yaratilayotgan sun’iy identitet va real
o‘zlik o‘rtasidagi ziddiyatlar, ayniqsa o‘smir qizlar misolida, chuqur tahlil qilinadi. Muallif texnologik taraqqiyot sharoitida autentiklikni
saqlab qolish, o‘zlikni anglash va ongli tanlov qilish zarurligini ta’kidlaydi