Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TILNING INSON EKSIZTENSIYASIDAGI AHAMIYATI: LYUDVIG VITGENSHTEYN TIL FALSAFASI MISOLIDA

Til, inson eksistensiyasi, Lyudvig Vitgenshteyn, til falsafasi, ijtimoiy amaliyotlar, til o‘yinlari, hayot shakllari, ma’no.

Mualliflar

  • Ferangiz NARZUKULOVA SamDCHTI tadqiqotchisi, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi o‘qituvchisi, Uzbekistan

Ushbu maqola tilning inson eksistensiyasidagi rolini Lyudvig Vitgenshteynning til falsafasi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Unda til, tafakkur va
ijtimoiy o‘zaro ta’sir o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ko‘rsatilib, til amaliyotlari inson ongini, axloqiy tafakkurini va ijtimoiy uyg‘unlikni
shakllantirishda qanday ahamiyat kasb etishini tahlil qiladi. Tadqiqotda Vitgenshteynning “til o‘yinlari” va “hayot shakllari” tushunchalari tahlil
qilinib, tilning faqat muloqot vositasi emas, balki ma’no yaratish va inson tajribasini tashkil etish uchun asosiy vosita ekanligi ta’kidlanadi. Natijalar
shuni ko‘rsatadiki, tilning falsafiy ahamiyatini tushunish zamonaviy ijtimoiy muloqot, axloqiy orientatsiya va madaniy uzluksizlik masalalarini hal
etishda muhimdir