Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IJTIMOIY ADOLAT PARADIGMASI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHGA DOIR IJTIMOIY-ONTOLOGIK YONDASHUVLAR

ijtimoiy adolat, kambag‘allikni qisqartirish, barqaror rivojlanish maqsadlari, ijtimoiy-ontologik yondashuv, inklyuziv rivojlanish, O‘zbekiston-2030, ijtimoiy tengsizlik

Mualliflar

  • Hasan SOBIROV Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi, Uzbekistan

Maqolada barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasidagi ijtimoiy adolat paradigmasi va kambag‘allikni qisqartirishning nazariyfalsafiy asoslari tahlil qilingan. Ijtimoiy-ontologik yondashuv nuqtai nazaridan kambag‘allikning tabiati, uning ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy omillari o‘rganilgan. BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish kun tartibi bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘rtasidagi mutanosiblik ochib berilgan. Maqolada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi ijtimoiy adolat
mexanizmlari va ularning falsafiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida kambag‘allikni bartaraf etishning inklyuziv, institutsional va
madaniy-ma’rifiy yo‘llari taklif etilgan.