Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MАТЕМATIKANI O‘QITISHDA MATHCAD VA MAPLE DASTURLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Matematika ta’limi, Mathcad, Maple, kompyuter matematikasi, differensial tenglamalar, modellashtirish, vizualizatsiya, pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari, mustaqil ta’lim.

Mualliflar

  • Ikrom TURSUNOV Toshkent gumanitar fanlar universiteti dotsenti, PhD, Uzbekistan

Mazkur maqolada matematika fanini o‘qitishda Mathcad va Maple dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda ularning metodik
asoslari yoritilgan. Tadqiqotda kompyuter matematikasi tizimlarining o‘quv jarayonidagi o‘rni, ularning differensial tenglamalarni
yechish, modellashtirish va grafik vizualizatsiya qilishdagi afzalliklari tahlil qilingan. Xususan, Mathcad dasturining sonli hisoblash va
grafik qurish imkoniyatlari hamda Maple tizimining analitik yechimlarni topishdagi samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ushbu
dasturiy vositalardan foydalanish orqali talabalarni faollashtirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish va matematika faniga bo‘lgan qiziqishni
oshirish mumkinligi asoslab berilgan