Ijtimoiy-gumanitar fanlar

EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING FALSAFIY ASOSLARI (AVESTO MISOLIDA)

ekologik madaniyat, Avesto, falsafa, tabiat bilan uyg‘unlik, Zardushtiylik

Mualliflar

  • Nigina RAYIMOVA Buxoro muhandislik-texnologiya instituti doktoranti, Buxoro, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada ekologik madaniyatni shakllantirishning falsafiy asoslari (Avesto misolida) berildi. Ekologik madaniyat insonning tabiat
bilan uyg‘un va mas’uliyatli munosabatini ifodalaydi. Zardushtiylik diniy manbasi – Avesto – tabiat elementlarini (yer, suv, havo) inson
hayoti va kosmik tartib bilan uzviy bog‘liq deb ko‘rsatadi. Bu falsafiy qarashlar ekologik ongni rivojlantirish va tabiatni asrab-avaylash
tamoyillarini shakllantirishga xizmat qiladi. Avesto prinsiplarida ekologik va ma’naviy qadriyatlar bir-birini to‘ldiradi, insonni faqat
moddiy manfaat emas, balki axloqiy mas’uliyatni ham his qilishga undaydi